Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.05.2018 14:27 Chop etish versiyasi

Bolalar uchun sarguzasht kitob

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida Toshkentdagi Gyote instituti bilan hamkorlikda “Asalari Maya sarguzashtlari” deb nomlangankitobning taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Nemis yozuvchisi Valdemar Bonzelsning 1912 yilda yozilgan ushbu sarguzasht asari hozirga qadar qirqdan ziyod davlatdachop etilgan. Shu asosda ishlangan multfilmni kichkintoylar sevib tomosha qiladi.

Kitobda Maya ismli asalarining boshidan o‘tkazganlari, uning zukkoligi, topqirligi, o‘zini tutishi, mushkul vaziyatlardan chiqib keta olish mahorati, to‘g‘riso‘zligi, mehribonligi, rostgo‘yligi bilan bog‘liq voqealar bayon etilgan.

M.Akbarov tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan ushbu kitob respublikamizdagi umumta’lim maktablari hamda bolalar kutubxonalariga tarqatiladi.

Barno Meliqulova, O‘zA
2 308