Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2018 19:44 Chop etish versiyasi

Bolalar uchun kutilmagan sovg‘a

Bolalar uchun kutilmagan sovg‘a Poytaxtimizdagi 21-Mehribonlik uyida O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi bosh boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan xayriya tadbirida bolalar uchun kutilmagan sovg‘a tayyorlandi. Aprel oyida tavallud kunini nishonlagan bir guruh bolalar uchun katta tort hamda esdalik sovg‘alari taqdim etildi. Bu bolajonlarga haqiqiy tuhfa bo‘ldi.

8.JPG

11.JPG

Tadbir doirasida bolalar uchun yong‘in xavfsizligi bo‘yicha viktorinalar, ertak qahramonlari bilan sahna ko‘rinishlari, turli qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Yong‘in sodir bo‘lganda nima qilish kerakligi, yong‘in xavfsizligi xizmatchisi qanday fazilatlarga ega bo‘lishi, yong‘inni keltirib chiqaruvchi vositalardan ehtiyot bo‘lish lozimligi haqida ma’lumotlar berildi.

16.JPG

22.JPG

25.JPG

34-faqat saytga.JPG

Shuningdek, tadbir davomida dasturxon bezatilib, bolalarga turli sovg‘alar ulashildi.

Go‘zal Sattorova, Oqil G‘ulomov (surat), O‘zA
5 816