Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 10:24 Chop etish versiyasi

Bojxona qo‘mitasi: Yo‘laklarni tanlashda adashmang!

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida Istambuldan uchib kelgan fuqaro F.Yuldasheva ayollar sumkasidagi pardoz upasi qutilariga va egnidagi kiyimi cho‘ntaklariga 263 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini yashirin ravishda olib kirayotganda qo‘lga olindi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur tilla va zargarlik buyumlarining taxminiy qiymati 67 million so‘mdan oshadi, deya xabar tarqatdi Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati.

Ayni shu reys bo‘yicha parvozini yakunlagan fuqaro G‘.Tolibov ham belgilangan me’yorlardan ortiqcha bo‘lgan 72 gramm og‘irlikdagi tilla va zargarlik buyumlarini qizil yo‘lak qolib, yashil yo‘lakdan olib o‘tayotgan paytda to‘xtatib qolingan.

“Istambul-Toshkent” reysining yana bir yo‘lovchisi fuqaro M.Mavlyanova tomonidan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan qiymati salkam 24,5 million so‘mni tashkil qiluvchi 119 gramm tilla taqinchoqlarning yashirincha olib kirilishiga chek qo‘yilgan.

Eslatib o‘tamiz, respublika hududiga jismoniy shaxslar tomonidan tovarlarni aksiz solig‘i solinmasdan olib kirishning ruxsat etilgan me’yorlariga muvofiq umumiy og‘irligi 30 grammdan ortiq bo‘lmagan 5 donagacha zargarlik buyumlarini olib kirishga ruxsat etiladi.

Hozirda mazkur holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari va surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

O‘zA
4 420