Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2018 10:02 Chop etish versiyasi

Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgardi

Bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi o‘zgardi
Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritildi.

Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 3-bandi oltinchi xatboshisiga o‘zgartirish Adliya vazirligida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqida vazirlikning “Huquqiy axborot” kanali xabar qilmoqda.

Kiritilgan o‘zgartirishga ko‘ra, Oliy harbiy bojxona institutiga o‘qishga qabul qilishda nomzodlarning bo‘yi 165 sm dan (qiz bolalar uchun 160 sm) past bo‘lmasligi belgilandi.

Ilgari amal qilgan tartibga ko‘ra nomzodlarning bo‘yi 170 sm (qiz bolalar uchun 165 sm)dan kam bo‘lmasligi lozim edi.

O‘zA
2 532