Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 22:03 Chop etish versiyasi

“Bo‘zsuv”dan topilgan ayol jasadi

Toshkent viloyatining Qibray shaharchasi hududidan oqib o‘tuvchi “Bo‘zsuv” kanalidan ayol kishining jasadi topilgan edi.

Yevropa millatiga mansub, 50-60 yoshlardagi bu noma’lum ayolning ko‘krak va biqin qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgani aniqlangan.

IIV matbuot xizmati xabar berishicha, ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 1977-yilda tug‘ilgan Gennadiy Korochensev mast holda sodir etgani aniqlangan. Yashash va ishlash joyining tayini bo‘lmagan, muqaddam sudlangan bu shaxs hozirda qo‘lga olingan.

O‘zA
6 594