Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.04.2017 19:19 Chop etish versiyasi

Bo‘sh ish o‘rinlari haqida ma’lumot berildi

Prezidentimiz rahnamoligida izchil amalga oshirilayotgan islohotlar jarayonida inson huquq va manfaatlarini himoya qilish, har jihatdan yetuk avlodni tarbiyalash, yoshlarning o‘z qiziqishi bo‘yicha bandligini ta’minlash masalasiga alohida e’tibor qaratilayotir.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2016-yil 14-sentabrda imzolangan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi qonuni bu boradagi ishlar ko‘lamini yanada kengaytirishda muhim huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida bo‘lib o‘tgan brifingda ichki ishlar organlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.

Prezidentimiz rahnamoligida yosh avlodning zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zarur sharoit va imkoniyatlar yaratish, ularni ish bilan ta’minlashga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

Brifingda ichki ishlar organlari xizmatiga o‘n sakkiz yoshdan o‘ttiz yoshgacha bo‘lgan tegishli ma’lumotga va mutaxassislikka ega, o‘zining shaxsiy va ishchanlik sifatlari, sog‘lig‘ining holati va jismoniy tayyorgarligi ichki ishlar organi xodimining xizmat majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lgan fuqarolar jalb qilinishi qayd etildi. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari safdagi xizmat bilan bog‘liq lavozimlarga bo‘yi 170 santimetrdan past bo‘lmagan erkaklar va 165 santimetrdan past bo‘lmagan ayollar ixtiyoriy tartibda, tanlov asosida qabul qilinadi. Bundan tashqari, erkaklar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlaridagi muddatli harbiy xizmatni yoki safarbarlik chaqiruvi rezervidagi harbiy xizmatni o‘tashi yoxud oliy o‘quv yurtlarida harbiy tayyorgarlikdan o‘tgan bo‘lishi shart.

Tadbirda xizmatga kirish istagida bo‘lgan shaxslarga qo‘yiladigan talablar, topshirilishi lozim bo‘lgan hujjatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tartibi, oliy harbiy ta’lim muassasalariga o‘qishga nomzodlarni tanlash borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar haqida ma’lumotlar taqdim etildi.

Jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar javob qaytardi.

Go‘zal Sattorova, O‘zA
1 646






Все о погоде - Pogoda.uz