O‘zA O`zbek

03.07.2018 10:31 Chop etish versiyasi

Bo‘lajak kelin-kuyov endi to‘yxona qidirib yurmasin

№ 25 Мойариқ.jpg

Eryigit BOZORBOYEV,

“Moyariq” MFY raisi:

– Avvallari to‘ylar xonadonlarda bo‘lib o‘tgan. Hovlilar o‘rniga ko‘p qavatli uylar qurilgani bois turli marosimlarni to‘yxonalarda o‘tkazish an’anaga aylandi. Bu juda qulay ekanini ta’kidlagan holda, restoranlarning narxiga e’tibor qaratadigan bo‘lsak, xarajatlar miqdori anchaga ko‘payadi. So‘nggi vaqtlardagi to‘y tadbirlarini ixchamlashtirish, sharoitdan kelib chiqib kamxarj to‘ylar o‘tkazish borasidagi targ‘ibotlar o‘z samarasini bermoqda. Hovlida yashaydigan yurtdoshlarimiz “nahorgi osh”, “kelin bazmi”, “beshik to‘yi”, “quda chaqirdi” tadbirlarini uyda, qo‘ni-qo‘shni va yaqin qarindoshlar davrasida o‘tkazmoqda.

Hokimiyatlar qoshida O‘zbekiston yoshlar ittifoqidan bo‘lajak kelin-kuyovlarning to‘yini tashkil qilish, to‘yxonalardagi shart-sharoitlarni tushuntirib beradigan mutaxassis ajratilsa yaxshi bo‘lardi. Bu mutaxassislar FHDYOga ariza topshirgan yigit-qiz, ularning ota-onalari bilan suhbat o‘tkazib, to‘yni ixchamlashtirish yuzasidan takliflarini bersin. Maqsadimiz, yigit va qiz qaysi to‘yxona qanday ekanini bilish uchun sarson bo‘lib, bo‘sh to‘yxona qidirib yurmasin. Yoki turli mish-mishlarga ishonib, yolg‘onlarga aldanib ko‘p xarajat qilmasin. Mahallamizda bu borada faollarimiz bilan hamjihatlikda, maslahatlashib ish qilinadi. So‘nggi vaqtlarda ayrim yurtdoshlarimiz o‘ziga nima kerakligini anglayapti. Qanday yo‘l tutsa kamxarj to‘y qilishi mumkinligini bilyapti. Shu bois, har birimiz bu jarayonga mas’uliyat bilan yondashishga majburmiz.

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Bizni kemirguvchi illatlar” maqolasida “Bizni kemirguvchi illatlar”, degan odatlarimiz, shu to‘y va ta’ziya ismindagi devonaligimizdan iboratdur. Bir do‘konchi, bir gulkor, bir faqirhol, bir kosib uchun bu to‘y va ta’ziyalar o‘lumdan qattig‘durki, muning uchun bechora har kun o‘lur. Har kun o‘lg‘on ila-da qutulmas. O‘zidan so‘ngra ahlu ayolig‘a bu yo‘qsullik va bu musibatni meros qo‘yar...” deyilgan edi.

Oradan shuncha vaqt o‘tsa hamki, xalqimiz, jamiyatimiz uchun hali-hanuz dolzarb va ahamiyatli bo‘lib turgan ushbu masala muhim ekanini anglaymiz.

O‘zA
5 198