Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.07.2018 12:02 Chop etish versiyasi

Bitmayotgan mahalla guzari...

№ 52 Шодиёна.jpg

Ubaydulla USЕNOV,
“Shodiyona“ MFY raisi:

– Yaqindagina davlatimiz rahbarining Olmazor tumaniga qilgan tashrifida uzoq vaqtlardan beri to‘planib qolgan muammolar va ularni bartaraf etish masalalari tahlil etilgani barchamizning zimmamizdagi mas’uliyat yukini yanada oshirdi.

Qariyb 7 ming aholi istiqomat qilayotgan mahallamizda 33 ta ko‘p qavatli uylar bo‘lib, ularda 1800 dan ortiq xonadon mavjud. 20 yilga yaqin mahalla faoli bo‘lib ishladim, raisligimga yaqinda ikki yil to‘ladi. Shu vaqt ichida mahallaning barcha xonadoni, kishisini yaqindan bilish, tanish, ularning muammo va kamchiliklarini aniqlash imkoniyatiga ega bo‘ldim.

To‘y-tantana, oilaviy marosimlarni kamchiqim qilish taklifi barchaga ma’qul, buni mahallaga kelib maslahat soladigan odamlar soni ortayotganidan, 150-200 kishilik to‘ylar ko‘payayotganidan ham bilish mumkin.

Mahallamizda ichimlik suvi, huquqbuzarliklar profilaktikasi, ishga joylashish kabi masalalarda muammolar deyarli yo‘q. Qarzdorlikni undirish masalasida ham har kuni uyma-uy yurib aholi bilan ishlayapmiz. Har kim imkoniyatiga qarab, qo‘lidan kelgancha to‘lov qilmoqda.

Biroq bir necha yillardan beri qurilayotgan mahalla guzari hali-hamon bitmagan. Bu borada biroz qiynalmoqdamiz. Yana bir masala mahallamizdagi Muxbir ko‘chamiz asfalt qilinmagan, anchayin yaroqsiz. Bu masala ham hal etilishi uchun yelib-yuguryapmiz.
Mahallamizda 60 ga yaqin ishsiz bo‘lsa, shulardan yarmini ishga joylashtirishga erishdik. Qolganlarni ham ish bilan ta’minlash masalasi doimiy e’tiborimizda.

Prezidentimiz tashrifi davomida oldimizga qo‘yilgan barcha vazifalarni bajarish uchun tinim bilmay harakat qilish ham qarz, ham farz deb o‘ylayman. Bunda hokimiyat ham biz uchun asosiy yordamchi, ko‘makdosh bo‘lishi lozim.

O‘zA
2 621