Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.04.2017 16:28 Chop etish versiyasi

Bilimdonlar saralandi

Bilimdonlar saralandi Termizda “Kamalak” bilimdonlari” ko‘rik-tanlovining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati tomonidan tashkil etilgan tadbirda Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning tashabbus va intilishlarini qo‘llab-quvvatlash, ijodiy va intellektual salohiyatini oshirishga qaratilayotgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotgani ta’kidlandi.

«Kamalak» bolalar tashkiloti faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ijtimoiy nufuzini oshirish, umumta’lim maktablari o‘quvchilarining bilimini boyitish, iste’dodini ro‘yobga chiqarish maqsadida tashkil etilgan tanlovning saralash bosqichlarida 4-7-sinflarning 31 ming 870 ga yaqin o‘quvchisi bilimini sinovdan o‘tkazdi. Viloyat bosqichida Termiz shahri va tumanlar bosqichida g‘olib bo‘lgan 14 jamoaning 112 ishtirokchisi tanishuv, sahna ko‘rinishi, savol-javob va ijtimoiy loyiha shartlari bo‘yicha o‘zaro bahslashdi.

Boysun tumanidagi 1-umumta’lim maktabining “Kamalak yog‘dusi” jamoasi birinchi o‘rinni egalladi va tanlovning mamlakat bosqichiga yo‘llanma oldi. Ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni Denov tumanidagi 75-umumta’lim maktabining “Kamalak kapitanlari” va Sariosiyo tumanidagi 1-umumta’lim maktabining “Kamalak egalari” jamoalari qo‘lga kiritdi.

Xolmo‘min Mamatrayimov, Farhod Abdurasulov (surat), O‘zA
237






Все о погоде - Pogoda.uz