Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 16:08 Chop etish versiyasi

Chirchiq shahridagi 11-umumta’lim maktabida «Bebaho ne’mat saodati» nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi viloyat kengashi tomonidan tashkil etilgan tadbirda partiya viloyat va shahar kengashlari vakillari, xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, madaniyat va san’at namoyandalari, o‘qituvchilar, o‘quvchilar va ularning ota-onalari ishtirok etdi.

Mamlakatimizda navqiron avlodni Vatanga muhabbat, istiqlol g‘oyalariga sadoqat va milliy qadriyatlarimizga hurmat ruhida tarbiyalash, ularda yurt kelajagi uchun daxldorlik tuyg‘usini yuksaltirish, yoshlar o‘rtasida kitobga qiziqish, mutolaa madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

– O‘quv maskanida bilimli, mustaqil fikrlaydigan, yurtimizda amalga oshirilayotgan islohot va o‘zgarishlarni o‘ziga ham daxldor deb biladigan faol o‘quvchilar ko‘pligi quvonarlidir, – deydi partiya viloyat kengashi raisi U.Shoumarov. – Yangi o‘quv yili endi boshlangan bo‘lsa-da, ilmga chanqoq bolalar darslarda faol qatnashmoqda. Ular bilan muloqot davomida ko‘zlaridagi ishonch, aniq maqsad va qat’iy harakatni ko‘rib, qalbing faxr-iftixorga to‘ladi.

Tadbirda taniqli san’atkorlar ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar, o‘quvchilar tomonidan namoyish etilgan badiiy chiqishlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 988






Все о погоде - Pogoda.uz