Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2017 18:25 Chop etish versiyasi

Navoiy viloyatida Navro‘z bayrami ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun puxta tayyorlik ko‘rildi

Mamlakatimiz bo‘ylab Navro‘z shodiyonalari keng nishonlanmoqda. Yangilanish va yasharish ayyomida tabiat go‘zalligiyu tarovati insonlar qalbiga ham o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Ko‘ngillarda mehr-oqibat, bag‘rikenglik va saxovat rishtalari yanada jo‘sh uradi. Insonlar bir-birini yo‘qlab, keksa va muhtojlar holidan xabar oladi.

Navoiy viloyatida ham milliy qadriyatlarimiz keng tantana qilinadigan ayyomning tinch-osoyishta va ko‘tarinki ruhda o‘tishi uchun puxta tayyorlik ko‘rildi. Keng ko‘lamli obodonlashtirish ishlari, umumxalq hasharlari uyushtirilib, har bir hudud bayramona tusda bezatildi.

Viloyatda Navro‘z sayillari o‘tadigan joylarda jamoat tartibini saqlash, bayramona kayfiyat barqarorligini ta’minlash maqsadida tegishli ishlar amalga oshirildi.

– Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 28-fevraldagi “2017-yilgi Navro‘z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish to‘g‘risida”gi qaroriga asosan viloyatda “Tozalash-Antiterror” tezkor-profilaktik tadbiri o‘tkazildi, – deydi viloyat IIB huquqbuzarliklarning oldini olish boshqarmasi inspektori, katta leytenant M.Qurbonova. – O‘tkazilgan tadbirlar davomida tezkor shtab tomonidan 142 mingdan ortiq e’tibordan chetda qolgan bino va inshoot to‘liq ko‘zdan kechirildi. Bunday tizimli ishlar samarasida jinoyat sodir etib, yashirinib yurgan 19 fuqaro qo‘lga olindi, fosh etilmay kelayotgan 4 jinoyat izi ochildi. Aholi tomonidan noqonuniy saqlab kelinayotgan 3 ov quroli olinib, tegishli choralar ko‘rildi.

O‘rganishlar davomida giyohvand moddalarni saqlash bilan bog‘liq 6 holat aniqlanib, tergov jarayonida qariyb 253 gramm “marixuanna” moddasi topilgan. Jinoyatchilar qo‘lga olingan.

Muxtasar aytganda, bu kabi hamkorlikdagi ishlar yurtimiz tinchligini yanada mustahkamlash, bayram tadbirlarini tinch-xotirjam va yuqori saviyada o‘tkazishga xizmat qiladi.

Nuriddin Rahimov, O‘zA
1 807






Все о погоде - Pogoda.uz