O‘zA O`zbek

06.09.2018 17:29 Chop etish versiyasi

Bayram dasturxoni yozildi

Bayram dasturxoni yozildi
Vatanimiz mustaqilligining 27 yilligi munosabati bilan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim!” shiori ostida oʻtkazilayotgan bayram tadbirlari davom etmoqda.

Toshkent shahar davlat soliq boshqarmasi tomonidan tashkil etilgan xayriya tadbiriga Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari va nogironligi boʻlgan shaxslar taklif etildi. Bayram dasturxoni yozilib, badiiy dastur namoyish qilindi.

Bayram tadbirida kam taʼminlangan oilalar hamda imkoniyati cheklangan shaxslar uchun munosib turmush sharoiti yaratish davlatimiz siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri ekanini taʼkidlandi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash boʻyicha izchil islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu borada Prezidentimizning farmon va qarorlari asosida nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni uy-joy bilan taʼminlash, salomatligini mustahkamlash uchun yangi imtiyoz va preferensiyalar belgilandi. Ularga maishiy texnika xarid qilishda begʻaraz yordam koʻrsatilmoqda.

– Yurtimizda eng ulugʻ, eng aziz bayram kunlarida koʻngli yarim insonlar holidan xabar olishdek xayrli va savobli ish boʻlmasa kerak, – deydi Oʻzbekiston koʻzi ojizlar jamiyati Toshkent shahar boʻlimi raisi Rustam Asqarov. – Tadbir ishtirokchilari inson qadri ulugʻ boʻlgan yurtda yashayotganini yana bir bor his qilishdi. Buning uchun, avvalo, Prezidentimizga, tashkilotchilarga alohida minnatdorlik bildiramiz.

Tadbirda qatnasholmagan 50 nafar koʻzi ojizlar jamiyati aʼzolari xonadonlariga borib, sovgʻalar ulashildi.

M.Qosimova, OʻzA
1 946