Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.09.2017 14:23 Chop etish versiyasi

«Barkamol avlod» bolalar markazi tarbiyalanuvchilarining ijod namunalari namoyish qilindi

Eng ulug‘, eng aziz bayramimiz – Vatanimiz mustaqilligining 26 yilligiga bag‘ishlangan «Fidoying bo‘lgaymiz seni, O‘zbekiston!» shiori ostida poytaxtimizda qator tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Poytaxtimizdagi «Do‘stlik» madaniyat va istirohat bog‘i hamda Xadra maydonida Yakkasaroy va Shayxontohur tumanlari «Barkamol avlod» bolalar markazlari to‘garaklarining ochiq eshiklar kuni tashkil etildi.

Tadbir doirasida «Barkamol avlod» bolalar markazi tarbiyalanuvchilarining ijod namunalari ko‘rgazmasi namoyish qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 28-fevraldagi «Maktabdan tashqari ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori asosida tashkil etilgan «Barkamol avlod» markazlari bolalarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularning bilimini oshirish, til va kasb-hunar o‘rganishiga ko‘maklashishga xizmat qilmoqda.

– Markazimizda tashkil etilgan to‘garaklar o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatini oshirishda muhim ahamiyatga ega, – deydi Yakkasaroy tumani «Barkamol avlod» bolalar markazi direktori Dildora Yahyoyeva. – Shu sabab to‘garaklarimizga qiziquvchi yoshlar soni tobora ortib borayotir. O‘quvchilarimiz mamlakat va xalqaro ko‘rik-tanlovlar, festivallarda qatnashib, yuqori natijalarga erishib kelmoqda.

Tadbirda «Barkamol avlod» bolalar markazlari tarbiyalanuvchilari ijrosidagi kuy-qo‘shiq va raqslar dasturi yig‘ilganlarga xush kayfiyat baxsh etdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
1 534






Все о погоде - Pogoda.uz