Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

19.06.2018 14:36 Chop etish versiyasi

Barchamiz mas’ul masala. OITS xastaligi profilaktikasi

Andijonda “OITS xastaligi profilaktikasida nodavlat notijorat tashkilotlarining ishtiroki va faolligini oshirish” mavzusida davra suhbatio‘tkazildi.

O‘zbekiston nodavlat notijorat tashkilotlari milliy assotsiatsiyasi, Respublika OITSga qarshi kurash markazi hamkorligida “Fuqarolik jamiyati tashkilotlari salohiyatini oshirish” loyihasi doirasida o‘tkazilgan tadbirda viloyat kasb-hunar, xalq ta’limi boshqarmalari mas’ullari, viloyatdagi nodavlat notijorat tashkilotlari vakillariishtirok etdi.

– Prezidentimizning 2018 yil 25 yanvardagi «O‘zbekiston Respublikasida odamning immunitet tanqisligi virusi keltirib chiqaradigan kasallik tarqalishiga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori hamda O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda, – deydi viloyat OITSga qarshi kurash markazi bo‘lim mudiri K.Mamatov. – Mazkur tadbir ana shu yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar samaradorligini oshirishga, mutasaddi tashkilotlar o‘rtasidagi ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash, mavjud muammolar yechimini topishga yaqindan yordam beradi.

Davra suhbatida mutaxassislar tomonidan OITS xastaligi tarqalishining oldini olish, unga qarshi kurashish borasida olib borilayotgan ishlar haqida ishtirokchilarga ma’lumot berildi.Shuningdek, fuqarolarning ushbu kasallik haqidagi tushuncha va bilimini kengaytirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish, kasallikka chalingan fuqarolarning ijtimoiy himoyasi masalalari xususida fikr almashildi.

Tadbirda OIV infeksiyasi tarqalishining oldini olish, bu borada davlat va nodavlat tashkilotlari hamkorligini mustahkamlash, mazkur yo‘nalishda olib borilayotgan ishlar, xususan, profilaktika, targ‘ibot-tushuntirish ishlari samaradorligini yanada oshirish yuzasidan taklif va tavsiyalar bildirildi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
1 252