Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.03.2018 21:54 Chop etish versiyasi

Barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Navro‘z — 2018 marafoni” bo‘lib o‘tadi

Barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Navro‘z — 2018 marafoni” bo‘lib o‘tadi Joriy yilning 20-mart kuni O‘zbekiston yoshlar ittifoqi hamda O‘zbekiston yengil atletika federatsiyasi hamkorligida “Navro‘z” umumxalq bayrami munosabati bilan barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida “Navro‘z — 2018 marafoni” bo‘lib o‘tadi.

Mazkur sport bayrami mahallalardagi uyushmagan yoshlar, ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan 16 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar hamda ko‘ngillilar o‘rtasida yengil atletika sport turining yugurish qoidalariga muvofiq o‘tkaziladi.

2018 metr, 3 km, 21 km masofalarda o‘tkazilishi rejalashtirilgan marafon soat 8.00 dan barcha hududlarning markaziy ko‘chalarida start oladi.

Tashkilotchilar ma’lumot berishicha, 21 kilometrga birinchi kelgan 10 nafar, 3 kilometrga birinchi kelgan 3 nafar hamda 2018 metrga birinchi kelgan yana 3 nafar ishtirokchi velosiped mukofoti bilan taqdirlanadi.

Qolgan qatnashchilarga diplom, medal, faxriy yorliq va bayram sovg‘alari ulashishi rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, 20 mart kuni Toshkent shahrida 8:00 dan 12:00 ga qadar Nukus ko‘chasi (Nukus, A.Qodiriy, Abay, A.Navoiy, Sh.Rashidov, Mustaqillik ko‘chalari)dan “Paxtakor” markaziy stadionigacha bo‘lgan ko‘chalar (Glinka, Oybek, A.Temur, Mustaqillik, Sh.Rashidov, Abay, Sebzor, Navoiy, Yusuf Xos Xojib ko‘chalari)da harakatlanish cheklanadi.

Davron Sunnatov, O‘zA
4 827