O‘zA O`zbek

05.03.2018 15:50 Chop etish versiyasi

Bahor vernisaji

O‘zbekiston Badiiy akademiyasi ko‘rgazmalar zalida 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan «Bahor vernisaji» deb nomlangan ko‘rgazma ochildi.

Unda yurtimizning mohir ayol rassomlari R.Gagloyeva, V.Nechayeva, I.Shin, D.Mamedova, O.Zalevskaya, N.Oripova, T.Fadeyeva, M.Borodina va L.Nesterovichning rangtasvir, grafika hamda haykaltaroshlik yo‘nalishidagi 100 dan ortiq san’at asarlari namoyish etilmoqda.

Shuningdek, vernisaj doirasida Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti talabalari o‘zlarining ijodiy izlanishlari, yoshlik shijoati va tajribalari aks etgan asarlari bilan qatnashdi.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA
4 952