Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.03.2017 15:30 Chop etish versiyasi

Ayolni asragan el

Poytaxtimizning Bektemir va Olmazor tumanlarida “Ayol borki, olam munavvar” deb nomlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Bektemir tumani hokimi Sh.Asqarov, Olmazor tumani hokimi B.G‘oyibnazarov va boshqalar mamlakatimizda xotin-qizlarning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash, ularga munosib shart-sharoitlar yaratish, qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish, oila, onalik va bolalikni himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi.

– Bugungi kunda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini, ijtimoiy faolligini oshirishga alohida e’tibor qaratilayotgani biz ayollarni ruhlantiradi, – deydi Bektemir tumanidagi “Oltin topgan” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Mahmuda Begmatova. – Zero, turmushimiz obodligi va farovonligi, jamiyatimizdagi hamjihatlik va osoyishtalik ko‘p jihatdan opa-singillarimizga bog‘liq. Xotin-qizlarni qadrlash, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlikni kundalik turmushda, mehnat faoliyatimizda, farzandlarni har jihatdan sog‘lom va barkamol insonlar etib voyaga yetkazishda his etmoqdamiz.

Tadbirda ko‘p yillardan buyon mehnat qilayotgan fidoyi va faxriy ayollarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Konsert dasturi qalblarga shodlik ulashdi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
1 561






Все о погоде - Pogoda.uz