Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.07.2018 19:17 Chop etish versiyasi

Ayollar uchun yana bir imkoniyat

Ayollar uchun yana bir imkoniyat
“Bazis Medic” nodavlat ta’lim muassasasi to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiluvchilardan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining tavsiyanomasiga ko‘ra ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ham o‘qitadi.

Yurtimizda xotin-qizlarni kasbga yo‘naltirish, foydali mehnatga jalb etish barobarida ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, qulay shart-sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 2 fevraldagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va oila institutini mustahkamlash sohasidagi faoliyatni tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoni bu boradagi ishlar ko‘lami kengayishida muhim dasturilamal bo‘layotir.

Poytaxtimizdagi “Bazis Medic” nodavlat ta’lim muassasasida uy bekalari, vaqtinchalik ishsiz bo‘lgan xotin-qizlar uchun tashkil etilgan seminar ham ayni maqsadni ko‘zda tutadi.

Seminar davomida o‘quv markazi faoliyati, kosmetologiyaga qiziqishi bo‘lgan ayollarni o‘qitish yuzasidan ma’lumotlar berildi.

Estetik tibbiyot va kosmetologiya maktabiga ega ushbu nodavlat ta’lim muassasasida xotin-qizlar boshlang‘ich kosmetologiya, kosmetologiyada kichik hamshira, mezoterapiya, botoks, filler, mezoiplar va 3D iplar bilan ishlash, kiprik o‘stirish, tatuaj, manikyur-pedikyur, marketing maslahat kabi yo‘nalishlarda saboq olishi mumkin. Sohaga qiziqqan xotin-qizlar qisqa muddatda kosmetologiya sirlarini o‘rganish imkoniyatga ega bo‘ladi. Ularga kelgusida ishlashi uchun ish o‘rni ham tavsiya etiladi.

Markaz to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qiluvchilardan tashqari, mahalla fuqarolar yig‘inlarining tavsiyanomasiga ko‘ra ehtiyojmand oilalar farzandlari va imkoniyati cheklangan xotin-qizlarni ham o‘qitadi. Ularga kasb o‘rgatishdan tashqari, ta’lim tugaganidan keyin ish bilan ta’minlashni o‘z zimmasiga oladi.

B.Meliqulova, O‘zA
2 040