O‘zA O`zbek

31.12.2018 Chop etish versiyasi

Tez tibbiy yordam xizmatida endi aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi

Tez tibbiy yordam xizmatida endi aviatsiya texnikasidan ham foydalaniladi

Sir emaski, ilgari shoshilinch tibbiy yordamga moʻljallangan avtotransportlar hatto 10-12 yillab ishlatilardi. Oqibatda manzilga oʻz vaqtida yetib borish, bemorni tibbiyot muassasasiga yetkazish kabi vazifalarni bajarishda muammolar kuzatilardi. Bu kamchiliklarni bartaraf qilish maqsadida oxirgi ikki yil ichida mamlakatimiz miqyosida 1450 yaqin yangi avtotransport sogʻliqni saqlash tizimiga ajratildi. 91 ta “Nissan”, 140 ta “Hyundai”, shuningdek, gumanitar yordam sifatida esa joylarga 50 ta “Toyota” yetkazib berildi. 231 ta tez yordam mashinasi zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlandi. 

Tez tibbiy yordam xizmatini dori-darmon va tibbiy buyumlar bilan taʼminlash uch barobarga oshdi. Yaʼni, bugungi kunda har bir chaqiriq uchun minimal xarajatlar 5000 soʻm miqdorida belgilandi. Bu koʻrsatkich 2016 yilda 748 soʻmni, 2017 yilda 1627 soʻmni tashkil etardi.

Tez tibbiy yordam xizmatini rivojlantirishga amaliy koʻmaklashish va uning moddiy-texnika bazasini yaxshilash maqsadida Sogʻliqni saqlash vazirligi huzurida Tez tibbiy yordamni rivojlantirish jamgʻarmasi tuzildi. 2019 – 2021 yillarda Oʻzbekiston Respublikasida tez tibbiy yordam xizmatini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar dasturi hamda tez tibbiy yordam xizmati faoliyati samaradorligini baholashning namunaviy indikatorlari tasdiqlandi. Tez tibbiy yordam xizmatini aviatsiya texnikasi bilan jihozlash ham koʻzda tutilgan.Ular amalga oshirila boshlangach sohada xizmat koʻrsatish yangi bosqichga koʻtariladi.

1 637
OʻzA