Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.12.2017 15:41 Chop etish versiyasi

"Asosiy qonunimiz – porloq kelajagimiz kafolati" mavzuida davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi institutida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi munosabati bilan "Asosiy qonunimiz – porloq kelajagimiz kafolati" mavzuida davra suhbati tashkil etildi.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 20-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining yigirma besh yilligini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoyishi ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, Inson huquqlari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Milliy markazi xodimlari, professor-o‘qituvchilar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, yoshlar ishtirok etdi.

Yong‘in xavfsizligi instituti boshlig‘i A.Qo‘ldoshev va boshqalar mamlakatimizda navqiron avlodni mustaqil fikrli, intellektual salohiyatli barkamol shaxs etib voyaga yetkazish, ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan alohida e’tibor yuksak samaralar berayotganini ta’kidladi. Bu borada qabul qilingan huquqiy-me’yoriy hujjatlar yosh avlodning ta’lim-tarbiya olishi, iste’dodini namoyish e’tishi, jamiyatda munosib o‘ringa ega bo‘lishida muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Davra suhbatida aholi, ayniqsa, yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish, mamlakatimizda qonun ustuvorligini ta’minlash yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va bu borada faol yoshlar oldida turgan muhim vazifalar to‘g‘risida fikr-mulohazalar bildirildi.

Shahnoza Mamaturopova, O‘zA
778






Все о погоде - Pogoda.uz