Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

20.03.2017 15:52 Chop etish versiyasi

Askarlar qasamyod qildi

Askarlar qasamyod qildi Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugiga qarashli harbiy qismda muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning harbiy qasamyod qabul qilishiga bag‘ishlangan marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Janubi-g‘arbiy maxsus harbiy okrugi qo‘shinlari qo‘mondonining o‘rinbosari, polkovnik J.A’zamov va boshqalar Qurolli Kuchlarimiz jangovar salohiyatini yanada mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar samarasida zamonaviy qurol-yarog‘ va harbiy texnika bilan ta’minlangan ixcham, harakatchan milliy armiyamiz barpo etilgani, bu mamlakatimiz mustaqilligi, yurtimiz tinchligi va xalqimiz osoyishtaligini ta’minlashga xizmat qilayotganini alohida ta’kidladi.

Harbiy qasamyod qabul qilayotgan askarlar nigohida o‘ziga bo‘lgan ishonch, jasurlik va qat’iyat mujassam. Ular qasamyod qilish orqali o‘z Vataniga, xalqiga, Prezidentiga bo‘lgan sadoqatini ifoda etdi.

– Xalqimiz tinchligi va osmonimiz musaffoligi uchun xizmat qilish sharafiga muyassar bo‘lganimdan faxrlanaman, – deydi oddiy askar Sardorbek Avazbekov. – Kelajakda qaysi sohani tanlamay, el-yurtimiz taraqqiyoti yo‘lida sidqidildan mehnat qilish shiorim bo‘ladi.

– Men baxtli onaman, bugun farzandim harbiy libos kiyib, Vatan himoyachilari safiga qo‘shildi, – deydi oddiy askar Abror Abdullayevning onasi Zulxumor Mamajonova. – Harbiy qismda farzandlarimiz uchun yaratilgan sharoitlar biz, ota-onalarni xursand qildi. Ishonamanki, o‘g‘lim Vatani oldidagi sharafli burchini sidqidildan ado etadi.

Qarshi garnizoni harbiy orkestri ijrosidagi kuy-qo‘shiqlar tadbirga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

O‘lmas Barotov, Jamshid Norqobilov (surat), O‘zA
2 554






Все о погоде - Pogoda.uz