Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

16.03.2017 12:15 Chop etish versiyasi

Askarlar qasamyod qildi

Shimoli-g‘arbiy harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida muddatli harbiy xizmatga chaqirilgan askarlarning harbiy qasamyod qabul qilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Prezidentimizning 2016-yil 21-dekabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini muddatli harbiy xizmatga navbatdagi chaqiruvi hamda belgilangan xizmat muddatlarini o‘tab bo‘lgan harbiy xizmatchilarni Qurolli Kuchlar rezerviga bo‘shatish to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida tashkil etilgan tadbirda harbiy okrug ofitserlari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, ota-onalar ishtirok etdi.

Mamlakatimiz Qurolli Kuchlari tizimida amalga oshirilayotgan izchil islohotlar, muddatli harbiy xizmatni o‘tash sharoitlarini yanada yaxshilashga qaratilayotgan doimiy e’tibor samarasida milliy armiyamiz yoshlarimiz har tomonlama kamol topadigan tarbiya maktabiga aylangani alohida ta’kidlandi. Harbiy qismlarda askarlarning ko‘ngildagidek xizmat qilishi, bilim olishi, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun barcha sharoit yaratilgan.

Qasamyod qilgan askarlar safida samarqandlik Dostonbek Turdiyev ham bor.

– Vatan himoyachilari safiga qo‘shilganimdan faxrlanaman, – deydi Dostonbek. – Xizmat davomida yigitlik burchimni sidqidildan ado etib, jismonan va ma’nan yanada yuksalishga erishaman.

Aminboy Ortiqboyev, O‘zA
174






Все о погоде - Pogoda.uz