Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

17.05.2018 12:58 Chop etish versiyasi

Asakalik o‘quvchilar Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasiga sazovor bo‘ldi

Asakalik o‘quvchilar Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasiga sazovor bo‘ldi
Andijonda “Umid nihollari” sport musobaqasining viloyat bosqichi g‘olib va sovrindorlarini sharaflashga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi.

Musobaqaning tuman, shahar bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 4 ming nafardan ziyod o‘quvchilar viloyat bosqichida imkoniyat va mahoratini sinovdan o‘tkazdi. Ularning 1300 nafarini qizlar tashkil etdi.

4 (1).JPG

Umumjamoa hisobida Asaka tumani vakillari 1-o‘rinni egallab, Prezident sovg‘asi – “Damas” avtomashinasiga sazovor bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinni Xo‘jaobod tumani, uchinchi o‘rinni Andijon shahar jamoalari egalladi. G‘olib va sovrindorlar tegishli darajadagi kubok, diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Tadbir yosh sportchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, san’atkorlar tomonidan namoyish etilgan konsert dasturi bilan yakunlandi.

5 (2).JPG

8-faqat saytga.JPG

9.JPG

F. Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat) O‘zA
1 664