Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

01.12.2017 16:03 Chop etish versiyasi

«Art decor»da hunarmandlik jilolari

«Art decor»da hunarmandlik jilolari Poytaxtimizning “Laylak qo‘ndi” madaniy meros maskanida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligi va 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan «Art decor» deb nomlangan ko‘rgazma-savdo ochildi.

7.JPG

O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi hamda Madaniyat va san’at ko‘rgazmasi hamkorligida tashkil etilgan tadbirga keng jamoatchilik vakillari, san’atshunoslar, hunarmandlar, poytaxtimizdagi 560-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi ustoz va tarbiyalanuvchilari, ularning ota-onalari, jurnalistlar taklif etildi.

13.JPG

O‘zbekiston Respublikasi xalq ustasi M.Mamajonov, 560-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi D.Sultonova va boshqalar yurtimizda hunarmandlarga yaratilayotgan keng imkoniyatlar tufayli xalqimizning an’ana va urf-odatlari davom etayotgani va bu boqiy meros nafaqat mamlakatimiz aholisiga, yoshlarga, balki xalqaro miqyosda keng targ‘ib qilinayotgani bilan o‘z amaliy natijasini ko‘rsatayotganini qayd etdi.

15.JPG

– Bugungi ko‘rgazmada rangtasvir, haykaltaroshlik, bezakli temir buyumlar, tashqi bezak (landshaft dizayn) hamda amaliy san’at asarlarini ko‘rishingiz mumkin, – deydi yosh haykaltarosh Azamat Qoraboyev. – Unda men haykaltaroshlik yo‘nalishi bo‘yicha ishlarimni taqdim etdim.

6.JPG

Ko‘rgazmada A.G‘afurov, D.Yurev, N.Domansevich, M.Habibov, A.Kasparov, R.Qodirov, A.Qoraboyev, A.Umrzoqov, D.Nazarov kabi kulol, hunarmand va rangtasvir ustalarining ishlari namoyish etilayotir.

Tadbirda 560-maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilariga tashkilotchilar tomonidan sovg‘a-salomlar ulashildi.

Nasiba Ziyodullayeva, Yolqin Shamsiddinov (surat), O‘zA
921






Все о погоде - Pogoda.uz