O‘zA O`zbek

07.08.2018 14:26 Chop etish versiyasi

AQSHdan kelgan o‘zbekistonlik fuqaro yangi lavozimga tayinlandi

AQSHdan kelgan o‘zbekistonlik fuqaro yangi lavozimga tayinlandi AQSHdan O‘zbekistonga kelgan Ulug‘bek Qosimxo‘jayev Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi.

Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining rasmiy saytida keltirilishicha, Ulug‘bek Qosimxo‘jayev 1978-yil Andijonda tug‘ilgan bo‘lib, “Umid” jamg‘armasi orqali 2000-yilda AQSHdagi Peys universitetining biznesni boshqarish mutaxassisligi, 2007-yilda esa Barri universiteti magistraturasining moliya yo‘nalishi bo‘yicha tugatgan.

2000-2002-yillarda Andijon viloyati, 2002-2005-yillarda esa Vazirlar Mahkamasida faoliyat olib borgan. 2007-2013-yillarda Barri va Zanderberd universitetlarida dars bergan. Shuningdek, bu davrda Hollivud shahridagi mehmonxonalarni ham boshqargan. 2014-yildan beri Amerika Qo‘shma Shtatlarida turizm va investitsiyalar sohasida o‘z biznesiga asos solgan.

O‘zA
2 872