Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.10.2017 14:58 Chop etish versiyasi

Angren zamonaviy uy-joylar egalariga topshirildi

Angren zamonaviy uy-joylar egalariga topshirildi Toshkent viloyati Angren shahridagi “Kimyogarlar” mahalla fuqarolar yig‘ini hududida qo‘p qavatli 54 xonadonli ikkita uy-joy foydalanishga topshirildi.

Shu munosabat bilan tashkil etilgan tadbirda mamlakatimizda xalqimizga munosib turmush sharoiti yaratish, aholi farovonligini yuksaltirishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi.

Prezidentimizning 2016-yil 22-noyabrdagi “2017-2020-yillarda shaharlarda arzon ko‘p kvartirali uy-joylar qurish va rekonstruksiya qilish dasturini amalga oshirishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida “Ipotekabank” aksiyadorlik tijorat banki mablag‘lari hisobidan rekonstruksiya qilingan ushbu zamonaviy turar-joylarda barcha sharoit yaratildi.

Angrenlik Farrux Abdullayev xonadonida bugun katta tantana. Bu yosh oila rekonstruksiya qilingan ushbu zamonaviy uy-joylardan birining sohibiga aylandi.

– Orzumizdagi uyga bunchalik tez ega bo‘lamiz deb o‘ylamagandik, – deydi F.Abdullayev. – “Kimyogarlar” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 9 qavatli uydagi xonadonlardan biriga ko‘chib o‘tdik. Qo‘shnilarimizning aksariyati o‘zimiz kabi yosh oilalar ekan. Bu ham bizga qulay. Uy ish joyimizga ham, farzandimiz boradigan bog‘chaga ham yaqin ekani bizni yanada quvontirdi.

Joylarda namunaviy loyihalar bo‘yicha arzon uy-joylar qurish dasturi amalga oshirilayotgani aholining turmush sharoitini yanada yaxshilash va hududlar qiyofasini tubdan o‘zgartirishga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, imtiyozli kreditlash tizimi yosh oilalarga arzon uy-joyga ega bo‘lish, baxtli va farovon hayot kechirish uchun katta imkon yaratmoqda.

– Yaqin kunlarda o‘g‘limizni uylantirib, yangi olgan mana shu uyga kelin tushirish niyatidamiz, – deydi Bibiniso aya Jo‘rayeva. – Yoshlar yangi xonadonda turmush boshlanayotganida ham men hikmat ko‘rdim. 3 xonali uyda barcha sharoit muhayyo. Odamlarning mushkulini oson qilayotgan, yosh oilalarga uy olish imkoniyatini yaratib berayotgan Prezidentimizdan minnatdormiz.

12.jpg

Bunday ezgu ishlarni davom ettirish maqsadida 2018-yilgi dastur asosida hududda yana 5 ta 9 qavatli uy rekonstruksiya qilinib, yosh oilalar, uy-joyga muhtoj fuqarolarga ipoteka krediti asosida toshirilishi rejalashtirilgan.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
2 008






Все о погоде - Pogoda.uz