Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

05.03.2018 10:37 Chop etish versiyasi

Andijonlik gandbolchi qizlar g‘olib bo‘ldi

Andijon olimpiya zaxiralari kollejida qizlar o‘rtasida qo‘l to‘pi bo‘yicha O‘zbekiston ochiq chempionati bo‘lib o‘tdi.

Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida qizlar o‘rtasida o‘tkazilgan mamlakat ochiq chempionatida Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlardan hamda Qozog‘iston Respublikasidan kelgan jami 15 jamoa g‘oliblik uchun bahslashdi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, barcha raqiblaridan ustun kelgan andijonlik gandbolchi qizlar birinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqalarni uyushqoqlik bilan o‘tkazgan Toshkent viloyati jamoasi ikkinchi, bir xil ochko jamg‘argan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Sirdaryo viloyatlari jamoalari uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.

G‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
3 829