Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

21.04.2017 12:43 Chop etish versiyasi

Andijonda “Kitob aksiyasi”

Andijonda “Kitob aksiyasi” Andijonda o‘tkazilayotgan “Kitob aksiyasi” tadbirlarida mahallalar, ta’lim muassasalari, harbiy qismlar kutubxonalariga kitoblar tuhfa etilmoqda.

O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi hamda “Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturi ijrosi doirasida o‘tkazilayotgan “Kitob aksiyasi” tadbirlarida uyushma homiyligida chop etilgan 5 mingga yaqin badiiy, publitsistik va xotira kitoblari viloyatdagi mahallalar, ta’lim muassasalari, harbiy qismlarga sovg‘a tariqasida tarqatiladi.

Andijon shahrida bo‘lib o‘tgan tadbirlarda aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida kitob o‘qishga bo‘lgan qiziqishni oshirish, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini yuksaltirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilayotgani alohida ta’kidlandi.

Shoir va yozuvchilar, adabiyot ixlosmandlari, keng jamoatchilik vakillari ishtirokida Cho‘lponning 100-yilligi mahallasi, Bolalar shaharchasi hamda 4-umumta’lim maktabi kutubxonalariga kitoblar topshirildi.

– Kitoblar biz uchun ajoyib sovg‘a bo‘ldi, – deydi “Cho‘lponning 100-yilligi” mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Hamidullo Otaxonov. – Yaqinda tashkil etilgan va 600 dan ortiq kitob fondiga ega mahallamiz kutubxonasi yangi kitoblar bilan yanada boyidi. Bu aholi, ayniqsa, yoshlarimizning turli mavzulardagi qiziqarli adabiyotlarni tanlab o‘qish imkoniyatini kengaytiradi.

"Kitob aksiyasi" tadbirlari viloyatning barcha tuman va shaharlarida bo‘lib o‘tmoqda.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
1 650






Все о погоде - Pogoda.uz