Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.06.2018 18:07 Chop etish versiyasi

Andijonda kasblar festivali o‘tkazildi

Andijonda kasblar festivali o‘tkazildi
Andijon olimpiya zaxiralari kollejida “Kasb-hunar va tadbirkorlik bilan kelajak sari” shiori ostida kasblar festivali o‘tkazildi.

Viloyat hokimligi, prokuraturasi, ichki ishlar va o‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi boshqarmalari hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda ish beruvchi korxona-tashkilot va muassasalar, bank vakillari, ota-onalar hamda viloyatdagi 117kasb-hunar kollejining 3 ming 500 dan ortiq bitiruvchisi ishtirok etdi.

Prezidentimizning shu yil 19-20 may kunlari Andijon viloyatiga tashrifi davomida bergan topshiriqlari hamda joriy yil 7 iyunda qabul qilingan “Har bir oila – tadbirkor” dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, kasb-hunar kolleji bitiruvchilarining kelgusi faoliyatini tadbirkorlikka yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan kasblar festivalida mamlakatimizda yoshlarning puxta bilim olishi va o‘zlari tanlagan kasb-hunarni egallashi, iqtidor va salohiyatini to‘laqonli yuzaga chiqarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgani ta’kidlandi.

Kollej bitiruvchilari tomonidan o‘zlari egallagan 100 dan ortiq ixtisoslik va kasblar bo‘yicha ko‘rgazmalar tashkil etildi. Ayniqsa, kasb-hunar kollejlari o‘qituvchi va o‘quvchilari tomonidan yaratilgan innovatsion qurilmalar, harakatli maketlar va texnika ijodkorligi mahsulotlari, eng yaxshi biznes-rejalar, payvand-konstruksiyalar, duradgorlik va pol yotqizish, qurilish va pardozlash ishlari, kulolchilik hamda haykaltaroshlik yo‘nalishlaridagi ijodiy ishlar ishtirokchilarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Festivalda 2017/2018 o‘quv yilidan boshlab 70 kasb-hunar kollejida umumta’lim maktablarining 10-sinf o‘quvchilari uchun tashkil etilgan o‘quv-ishlab chiqarish korxonalari faoliyati, 48 kasb bo‘yicha ana shu korxonalarni tamomlayotgan o‘quvchilar tomonidan tayyorlangan mahsulotlar namoyish etildi. Shuningdek, “Andijonda har bir oila tadbirkor” shiori ostida tushuntirish ishlari olib borildi. Korxonalar tomonidan bitiruvchilarga bo‘sh ish o‘rinlari taklif etildi, mutaxassislar ularga tadbirkorlik faoliyatini boshlash, imtiyozli kredit olish tartibi xususida ma’lumot berdi.

Sportchi o‘quvchilarning ko‘rgazmali chiqishlari, ta’lim muassasalari qoshidagi badiiy jamoalarning dasturlaritadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
1 740