O‘zA O`zbek

11.07.2018 11:59 Chop etish versiyasi

Andijonda 59 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi

Andijonda 59 kishiga fuqarolik pasporti topshirildi
Andijonda Prezidentimiz farmoniga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi fuqaroligiga qabul qilingan 59 nafar yurtdoshimizga fuqarolik pasporti tantanali ravishda topshirildi.

photo5345805520155551981.jpg

Tadbirda Andijon viloyat hokimi Sh.Abdurahmonov mamlakatimiz farovonligi yo‘lida sidqidildan mehnat qilayotgan, ammo o‘zlariga bog‘liq bo‘lmagan holatlarga ko‘ra fuqaroligi bo‘lmagan shaxsga aylanib qolgan insonlarning hayotiy muhim masalalarini hal etishga davlatimiz rahbari alohida e’tibor qaratayotganini ta’kidladi.

photo5343879287452838219.jpg

– Bugun mendan baxtiyorroq inson yo‘q, – deydi Qirg‘iziston Respublikasida tug‘ilgan, hozirda Andijon tumanida yashovchi fuqaro Mukuyma Jo‘raxonova. – O‘zbekiston fuqaroligiga qabul qilindim. Ko‘nglimdagi kemtik to‘ldi. Buning uchun Prezidentimizdan behad minnatdorman.

Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
5 493