Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.03.2018 11:24 Chop etish versiyasi

Andijonda 300 dan ziyod xususiy maktabgacha ta’lim muassasasi tashkil etiladi

Viloyatda joriy yilda tashkil etiladigan nodavlat ta’lim muassasalarining 10 tasi ko‘p qavatli turar joylarda, 56 tasi yangi quriladigan inshootlarda, 217 tasi foydalanilmay turgan binolarda, 33 tasi xususiy uy-joylarni noturar joyga aylantirish hisobiga amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur muassasalarga qariyb 23 ming nafardan ziyod bola qamrab olinadi.

– Nodavlat xususiy ta’lim muassasalarining 50 tasi Navro‘z umumxalq bayrami arafasida foydalanishga topshiriladi, – deydi viloyat maktabgacha ta’lim muassasalari boshqarmasi boshlig‘i Muqaddasxon Abdullayeva. – Bundan tashqari, joriy yilda 4 yangi maktabgacha ta’lim muassasasi quriladi, ayni kunda faoliyat olib borayotgan 30 muassasa kapital rekonstruksiya qilinadi, shuningdek, 16 tasida mukammal ta’mirlash ishlari bajariladi.

Darhaqiqat, joriy yil yakuniga borib viloyatdagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalariga 27 mingdan ziyod bola jalb etiladi. Bog‘cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalariga qamrab olish ko‘rsatkichi 40 foizga yetadi.

Yangi maktabgacha ta’lim muassasalarining tashkil etilishi hisobiga esa 4 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
5 493