Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.10.2017 19:12 Chop etish versiyasi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi “Madaniyat” chegara posti ishga tushirildi

Andijon viloyatining Paxtaobod tumanidagi “Madaniyat” chegara posti ishga tushirildi Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 5-6-sentabr kunlari Qirg‘izistonga amalga oshirgan davlat tashrifi doirasida o‘zbek va qirg‘iz xalqlari manfaatlariga xizmat qiladigan qator kelishuvlar imzolandi. Ana shu kelishuvlar natijasida ikki qardosh xalq o‘rtasida ma’lum muddat uzilib qolgan yaqin qo‘shnichilik, bordi-keldi munosabatlari qayta tiklanmoqda.

"Madaniyat" chegara posti ochilishiga bag‘ishlangan va Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyatidan tashrif buyurgan mehmonlar, keng jamoatchilik, qirg‘iz millatiga mansub yurtdoshlarimiz ishtirok etgan tadbirda Andijon viloyati hokimi Sh.Abdurahmonov, Jalolobod viloyati gubernatori Q.Satibaldiyev ikki davlat rahbarlarining uchrashuvi nafaqat mamlakatlarimiz o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy va madaniy hamkorlikni kengaytirish, balki qardosh xalqlarimizning azaliy do‘stlik rishtalarini yanada mustahkamlash yo‘lida yangi sahifa ochganini ta’kidladi.

– Bugun bizning qishloq ahli uchun juda quvonchli kun, – deydi Madaniyat qishlog‘ida yashovchi mehnat faxriysi Solijon Temirov. – Endi Qirg‘izistonda yashayotgan qarindosh-urug‘larimiz bilan bemalol bordi-keldi qilish imkoniyati mavjud. Bilasizmi, ota-onam, qarindosh-urug‘larim, bevaqt vafot etgan farzandim dafn etilgan qabriston chegaraning narigi tomonida qolib ketgan va bu yillar davomida yuragimda bitmas yara bo‘lib kelayotgan edi. Yaratganga shukr, mana, endi ularning qabrini bemalol ziyorat qilishim mumkin. Odamlarni hayotdan rozi qilish, qiynayotgan muammolarini bartaraf etish borasida ko‘plab ezgu ishlarga bosh-qosh bo‘layotgan Prezidentimizga chegara hududida yashayotgan aholi nomidan minnatdorlik bildiraman.

Tadbirda san’atkorlar ijrosida tinchlik, do‘stlik va hamjihatlikni tarannum etuvchi kuy-qo‘shiqlar yangradi.

Faxriddin Ubaydullayev, Zuhriddin Umurzoqov (surat), O‘zA
2 241






Все о погоде - Pogoda.uz