Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.02.2018 10:04 Chop etish versiyasi

Andijon viloyatida ikki voyaga yetmagan shaxsni o‘ldirishda gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘istonda qo‘lga olindi

– Jinoyatchilikning millati va chegarasi yo‘q, – deydi IIV Xalqaro hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i Shohruh G‘iyosov – Shuni hisobga olgan holda, bugungi kunda bizda Rossiya, Qozog‘iston va Tojikistondagi hamkasblarimiz bilan idoraviy Muvofiqlashtiruvchi guruhlar tashkil etilgan.

Ko‘pchilikni dahshatga solgan voqea – Andijon viloyati Xo‘jaobod tumanida ikki voyaga yetmagan shaxsning vahshiyona o‘ldirilishida gumon qilinayotgan O‘zbekiston fuqarosi Qozog‘iston Respublikasi hududi orqali uchinchi davlatga qochib ketishga uringanda mazkur guruh yordamida qo‘lga olindi.

Hozirda Qirg‘iziston, Turkmaniston, Belarus, Ozarbayjon va kelajakda Afg‘oniston, Pokiston va Turkiya kabi davlatlar bilan shu kabi guruhlarni tuzish masalalari o‘rganilmoqda.

O‘zA
3 087