Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 17:23 Chop etish versiyasi

Andijon shahar hokimi bir guruh faol yoshlar bilan uchrashdi

Andijon shahar hokimi Dilmurod Rahmatullayev “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati Andijon viloyati kengashi faollari, bir guruh talabalar, faol va iste’dodli o‘quvchilar bilan uchrashdi.

Prezidentimiz rahnamoligida navqiron avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, zamonaviy bilim va kasb-hunarlarni puxta egallashi, iste’dod va salohiyatini to‘la namoyon etishi uchun barcha sharoit yaratib berilmoqda.

Davlatimiz tomonidan yaratilayotgan qulay sharoit va keng imkoniyatdan viloyat yoshlari ham unumli foydalanib, turli xalqaro festival, tanlov va musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib kelmoqda. Bilimlar bellashuvi va fan olimpiadalarining yuqori bosqichlarida sovrindorlar qatoridan joy olmoqda.

“Xalq bilan muloqot va inson manfaatlari yili” Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvda asosiy e’tibor “Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyati samaradorligini yanada oshirish, harakatni har bir yosh intiladigan, ularning qobiliyat va iqtidorini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashadigan, huquq va manfaatlarini himoya qiladigan tashkilotga aylantirish, yoshlarning maqsad va intilishlarini rag‘batlantirish, muammolarini hal etishda davlat va jamoat tashkilotlari hamkorligini kuchaytirish, yoshlarni yot g‘oyalar ta’siridan asrash, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish masalalariga qaratildi.

Tadbirda Andijon shahridagi “Cho‘lpon” kinoteatri o‘rnida barpo etilayotgan “Yoshlar markazi” eng zamonaviy texnologik vositalar, jihozlar bilan ta’minlanib, kelgusida yoshlarning iste’dod va salohiyatini yuzaga chiqarishiga ko‘maklashadigan maskanga aylanishi ta’kidlandi.

“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakati faoliyatini takomillashtirish va samaradorligini oshirish bo‘yicha tayyorlanayotgan hujjat loyihasi muhokama qilindi. Loyihada Harakat faollari uchun qator imtiyoz va imkoniyatlar berish belgilangani yoshlar tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga hokimdan atroflicha javob oldi.

– Hokim va yoshlar uchrashuvlari yoshlarni davlat hokimiyati organlari tizimi va faoliyati bilan yaqindan tanishtirish, mavjud muammolarni bartaraf etishga xizmat qilmoqda, – deydi Andijon davlat universiteti talabasi Xurshida A’zamjonova. – Yoshlarning o‘y-fikrlari, ularni qiynayotgan muammolarni o‘rganish va hal etishga qaratilgan e’tibor bizni yanada faol bo‘lishga, a’lo baholarga o‘qishga undaydi.

Faxriddin Ubaydullayev, O‘zA
2 787






Все о погоде - Pogoda.uz