Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

12.04.2017 16:59 Chop etish versiyasi

Amir Temurning ibratli fazilatlari

Poytaxtimizdagi barcha ta’lim muassasalarida Sohibqiron Amir Temur tavalludining 681-yilligiga bag‘ishlangan tadbirlar davom etmoqda.

Shunday tadbirlardan biri Toshkent madaniyat kollejida o‘tkazildi.

O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasining «Yoshlik» talabalar shaharchasi kengashi hamkorligida tashkil etilgan davra suhbatida mamlakatimizda milliy qadriyatlarimiz va ulug‘ ajdodlarimizning muborak nomi, boy merosi, xotirasi va tarixiy siymosini tiklash, muqaddas qadamjo va ziyoratgohlarni obod qilishga alohida e’tibor qaratilayotgani ta’kidlandi. Bu yosh avlodning har tomonlama barkamol ulg‘ayishi, ularda vatanparvarlik, milliy va umumbashariy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlashda muhim omil bo‘layotir.

– Partiya faollari va o‘qituvchilarimiz Amir Temurning davlat arbobi, yengilmas sarkarda va inson sifatidagi fazilatlari haqida so‘zlab berdi, – deydi mazkur kollej o‘quvchisi Latofat Ravshanova. – O‘z davrida eng qudratli davlatga asos solgan, ilm-fan, madaniyat va ma’naviyat homiysi bo‘lgan bobokalonimizning vatanparvarlik, mardlik, adolat borasidagi fazilatlari biz, yoshlarga doim ibratdir.

Amir Temur xotirasiga bag‘ishlab kollej o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan she’riy kompozitsiya barchada chuqur taassurot qoldirdi.

Malohat Husanova, O‘zA
1 650






Все о погоде - Pogoda.uz