Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

07.04.2017 11:32 Chop etish versiyasi

Amir Temur tavalludiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Poytaxtimizdagi Temuriylar tarixi davlat muzeyida Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi tashabbusi bilan «Amir Temur ma’naviy jasorat sohibi» mavzuida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

O‘zbek davlatchilik tarixida buyuk nom qoldirgan ulug‘ ajdodimiz Amir Temur xotirasini yod etish, yoshlar qalbiga tarixiy xotira, buyuk o‘tmishimizga daxldorlik va vatanparvarlik tuyg‘usini yanada chuqurroq singdirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda taniqli olimlar, san’atkorlar, talaba-yoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdi.

Temuriylar tarixi davlat muzeyi direktori X.Fayziyev, Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi bo‘lim mudiri G.Isoqova va boshqalar mamlakatimizda ma’naviy-ma’rifiy muhitni yuksaltirish, milliy o‘zlikni anglash borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar samaralari haqida so‘z yuritdi. 

Amir Temur hayoti va faoliyati haqidagi ma’ruzalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Tadbirda O‘zbek Milliy akademik drama teatri aktyori, O‘zbekiston xalq artisti Tesha Mo‘minov Amir Temur hayotiga bag‘ishlangan sahna asarlaridan monologlar o‘qidi.

Tadbir ishtirokchilari muzey eksponatlari bilan tanishdi.

Malohat Husanova, O‘zA
2 550






Все о погоде - Pogoda.uz