Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

13.06.2018 13:11 Chop etish versiyasi

Alisher Usmonov: Men tasodifan biznesmen bo‘lib qolganman

Alisher Usmonov: Men tasodifan biznesmen bo‘lib qolganman
O‘zA saytida “Jahonga mashhur biznesmen hamyurtlarimiz” haqida turkum maqolalar berib borishda davom etadi. Dastlab buxorolik, dunyoga taniqli tadbirkor Iskandar Mahmudovga bag‘ishlangan “So‘nggi aytgan fikrim eng foydalisi...” hamda Jizzaxda tavallud topgan yana bir hamyurtimiz, jahonga mashhur ishbilarmon Fattoh Shodiyev haqidagi “Fattoh Shodiyev – bir vaqtlar gazetada oddiy musahhih bo‘lib ishlagan bolakay bugun dunyoga mashhur biznesmen” nomli turkum materiallar berildi.

Bu galgi maqola esa yana bir dunyoga mashhur biznesmen yurtdoshimiz Alisher Usmonov haqida bo‘ladi.

Yoshligida yog‘ochdan yo‘nilgan qilich bilan o‘ynab yurgan, bir necha yil fextovaniye seksiyasiga qatnagan boladan, kelajakda jahonga mashhur biznesmen chiqadi, deb kim o‘ylabdi deysiz. Aytgandek, bugun jahonga mashhur biznesmen o‘zi bu haqda shunday deydi: “Men o‘z xohish-ixtiyorim bilan emas, ta’sir deysizmi, tazyiq deymizmi, bir gap bilan aytganda, tasodifan biznesmen bo‘lib qolganman», deydi tadbirkor.

Amerikaning Blumberg agentligi ta’kidlaganidek, qahramonimiz Alisher Usmonov Maykrasoft kompaniyasining asoschisi Bil Geyts bilan boshlanadigan dunyoning 100 nafar eng boy kishilari qatoridan o‘rin olgan. Agar Siz milliarder hamyurtimiz hayoti va biznes faoliyati bilan tanishmoqchi bo‘lsangiz, jurnalist Irismat Abduxoliqovning uza.uz saytida “Jahonga mashhur biznesmen hamyurtlarimiz. Alisher Burxonovich Usmonov” nomli essesi bilan tanishasiz... 

Saytimizni kuzatib boring.

O'zA
1 874