Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

18.06.2018 17:18 Chop etish versiyasi

AKT sohasidagi seminar

Joriy yilning 20 iyun kuni Mirzo Ulug‘bek Innovatsion sentr (MUIC) i Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki innovatsiya markazi rezidentlari uchun “AKT sohasini rivojlantirishning zamonaviy tendensiyalari va AKT sohasidagi kompaniyalar uchun yangi imkoniyatlar” mavzusida amaliy seminar o‘tkaziladi.

Tadbirda ekspertlar mavjud investitsion mahsulotlar, xususiy kompaniyalarga investitsiya kiritish imkoniyatlari hamda kichik va o‘rta biznes uchun ularning salohiyatini yuksaltirish, mahsulotlarning bozorda raqobatbardoshligini oshirish uchun texnik qo‘llab quvvatlash vositalari haqida so‘z yuritadi.

IT-kompaniyalari vakillari Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan Markaziy Osiyo, Bolqon yarim oroli, Kavkaz, Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqdagi 30 dan ortiq mamlakatlarda amalga oshirilayotgan “Kichik biznes uchun maslahatlar” dasturi bilan tanishadilar.

Dastur strategiya va marketingni shakllantirish, tashkiliy tuzilmani takomillashtirish, operatsiyalarni amalga oshirish, texnik yechimlar va nou-xoularni izlash, moliyaviy boshqaruv, energiyadan foydalanish va atrof-muhitni muhofaza qilish bo‘yicha konsultatsiyalarni o‘z ichiga oladi.

Mutaxassislar vazifalarni hal etish bo‘yicha biznes-reja hamda texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab chiqish, korxonalarni xalqaro standartlarni joriy etishga tayyorlashda yordam beradi.

Muhayyo Toshqorayeva, O‘zA
1 185