O‘zA O`zbek

01.06.2018 11:19 Chop etish versiyasi

AKSIYA! Sizning beg‘araz ko‘magingiz bemor bolalarning hayotdan umidvor ko‘ngillariga malham bo‘ladi

AKSIYA! Sizning beg‘araz ko‘magingiz bemor bolalarning hayotdan umidvor ko‘ngillariga malham bo‘ladi
Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi O‘zbekiston iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi bilan hamkorlikda 1 iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan beg‘araz donorlik aksiyasini o‘tkazmoqda.

Bemor bolajonlarga hayot bag‘ishlash va ularning sog‘ayib ketishlariga hissa qo‘shishdek xayrli ishga bel bog‘lagan hamshaharlarimizni bugun – 1 iyun kuni soat 11:00dan 14:00ga qadar Gematologiya va qon quyish ilmiy-tadqiqot institutiga taklif etamiz.

Eslatib o‘tamiz, ushbu aksiya nafaqat Toshkent shahrida, balki Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlar ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonalarida ham tashkil qilinmoqda.

Sizning qoningiz og‘ir bemor bolalar va ularning hayotidan umidvor ko‘ngillarga malham bo‘lishi shubhasiz.

www.uza.uz saytini kuzatib boring, ushbu tadbir bilan bog‘liq tafsilotlar onlayn berib boriladi.

O‘zA
3 355