O‘zA O`zbek

17.01.2019 16:37 Chop etish versiyasi

AJABO! Mutasaddilar 3 yil davomida “630 nafar faol yoshlarga uy berdik”, deb aldab kelishmoqda

AJABO! Mutasaddilar 3 yil davomida “630 nafar faol yoshlarga uy berdik”, deb aldab kelishmoqda

Mana uch yildirki fan, adabiyot, sanʼat, sportda va boshqa sohalarda yuksak natijalarga erishgan, xalqaro va milliy nufuzli olimpiadalarda gʻolib boʻlgan yoshlar oʻzlariga tantanali ravishda topshirilgan uy sertifikatlariga termilib oʻtiribdilar. Sertifikat bor, ammo uy-joydan darak yoʻq. Uch yildan beri tashkilotlar ijtimoiy hayotimizda faol boʻlgan yoshlarning qoʻynini puch yongʻoq bilan toʻldirib keladi. 

photo5332822426725231001.jpg

Yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar hokimligi yoshlarga ommaviy axborot vositalari orqali koʻz-koʻz qilgan holda ijtimoiy hayotda faol deb, topilgan yoshlarga kvartiralarning sertifikatlarini topshirgan. Biroq bu ishlar xuddi xoʻjakoʻrsinga qilingandek. Nega 630 nafar yoshlar bugun kvartira deb, bir parcha sertifikatni koʻtarib tashkilotma-tashkilot sarson boʻlmoqda? 

Uch yil davomida yoshlarning toʻplagan bisotlari quruq vaʼdalar, farmon, qaror kabi hujjatlar boʻldi. Toshkent shahar, Sergeli tumani “Chosh-tepa“ MFYda bunyod etilgan uylarga ijtimoiy hayotimizda faol, deb topilgan yoshlarga ajratilgani qogʻozda koʻrsatilgan lekin amalda-chi?
Imtiyozli kredit asosida yoshlarga beriladigan uylar haqidagi farmonlar faqat qogʻozdami? Amalda ularni bajarish kimlar uchun “noqulaylik” tugʻdirmoqda? 

Mutasaddilar yana qachongacha yoshlarni sertifikat bilan aldab yurmoqchi? Ularga farmon va qarorlarda nazarda tutilgan uylar qachon beriladi?

OʻzA muxbiri uch yildan beri imtiyozli kredit asosida uy kutayotgan 630 nafar yoshlar muammosini oʻrganmoqda. Tez orada tafsilotlarni eʼlon qilamiz. Bizni kuzatib boring.

OʻzA
1 615