Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

22.11.2017 16:28 Chop etish versiyasi

Aholi talab va ehtiyoji – eng muhim masala

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev joriy yil 15-noyabr kuni mamlakatimizda huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida belgilangan vazifalar ijrosi, bu borada mavjud muammolar va ularni hal etish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida hududlarda tuzilgan sektorlar faoliyatini yanada kuchaytirish masalasiga alohida e’tibor qaratdi.

Davlatimiz rahbarining joriy yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashga doir ustuvor chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga asosan Jizzax shahri to‘rt sektorga bo‘lindi.

Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i rahbarlik qiladigan 3-sektorga Toshloq, Zargarlik, Qassoblik, Oqqo‘rg‘onlik, Xalqobod, Uchariq, O‘ratepalik, Turon va Ravalliq mahallalari biriktirilgan. Ushbu mahallalardagi 6 ming 960 hovli, 102 ko‘p qavatli uyda 44 ming 872 nafar aholi yashaydi. 7 umumta’lim maktabi, 3 kasb-hunar kolleji, 1 akademik litsey, 2 oliy o‘quv yurtida ta’lim olayotgan o‘quvchi va talabalarni ham hisobga olganda shahar aholisining qariyb yarmi ushbu hudud hissasiga to‘g‘ri keladi.

– Prezidentimiz qo‘ygan talab darajasida “xavfsiz shahar” muhitini barpo etish katta kuch va mas’uliyat talab etishini sektorimiz ishchi guruhi a’zolari to‘liq his etib faoliyat olib bormoqda, – deydi Jizzax shahar ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i Jo‘rabek Xojanov. – Ishchi guruhi tomonidan uyma-uy yurib, aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazish bo‘yicha sektor hududini to‘liq aylanib chiqishni nazarda tutuvchi jadval ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, ishchi guruh a’zolari har kuni mahalla va xonadonlarda bo‘lib, aholining muammo va takliflarini o‘rganmoqda.

Sektor ishchi guruhi uchun 2-shahar ichki ishlar bo‘limi idorasida ajratilgan xona zarur jihozlar bilan ta’minlangan. Aholini qabul qilish, tezkor axborot almashish, doimiy navbatchilik uchun barcha sharoit yaratilgan. Hududdagi oilalar, fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar, o‘rganilgan muammolar, hal etish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlar, tegishli tashkilotlarga jo‘natilib ijrosi nazoratga olingan axborot to‘plangan yig‘ma jildlar kundan-kun ko‘paymoqda.

Jildlardagi har bir ma’lumotda fuqarolarning ijtimoiy ahvoli, talab-ehtiyojlari, mahalla, ko‘cha, ko‘p qavatli uylardagi aholini qiynayotgan muammolar, ma’naviy-axloqiy muhit, yoshlar tarbiyasi bilan bog‘liq masalalar, ularning yechimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida aniq va tezkor axborotlar aks ettirilgan. Eng muhimi, har bir ma’lumotdagi masalani hal etish uchun mas’ul va bajarilish muddati belgilangan. Shuning uchun hech bir yig‘ma jild javonda uzoq turib qolmaydi. Bajarilgani nazoratdan chiqarilib, o‘rnini yangisi egallaydi.

Ishchi guruh ma’lumotlariga ko‘ra, noyabr oyining birinchi yarmigacha hududdagi 5 ming 359 xonadon o‘rganilgan. Aniqlangan 56 muammoning 44 tasi joyida hal etilgan. 12 tasi shahar, 2 tasi viloyat hokimligiga taqdim etilgan.

O‘rganishlar davomida Zargarlik mahallasida ommaviy hashar o‘tkazilib, obodonlashtirildi, ehtiyojmand oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatildi. Mahalla hududidagi 54 ta ko‘p qavatli uy atrofi chiqindilardan tozalanib, Zargarlik, Osiyo ko‘chalariga tungi yoritgichlar o‘rnatildi.

“Xavfsiz shahar” loyihasi doirasida fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va jinoyatchilikning oldini olishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda hududdagi chorrahalar, jamoat joylari, ta’lim muassasalari, bozor, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari, ko‘p qavatli uylarga 1 ming 362 videokuzatuv kamerasi o‘rnatildi.

Guruh tomonidan ehtiyojmand va kam ta’minlangan oilalarga ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda. Zargarlik mahallasidagi 12, Uchariq mahallasidagi 7 ehtiyojmand oilaga moddiy yordam ko‘rsatildi. O‘ratepalik mahallasida yashovchi I-guruh nogironi Shodi Rahimovning uyi ta’mirlandi.

– Jamoat joylari, ko‘p qavatli uylar, muassasalar hududlarining saranjom-sarishtaligi, ko‘chalar, yo‘llardagi tartib Prezidentimiz tomonidan hududiy sektorlar bejiz tashkil etilmaganini ko‘rsatib turibdi, – deydi Zargarlik mahallasida yashovchi mehnat faxriysi A.Musayev. – Obodlik, avvalo, mahalladan boshlanishining isboti bu. Yaxshi ishga qo‘shiluvchilar, ko‘maklashuvchilar safi kengaymoqda. Mahallamiz faollari, oqsoqollar sektorning ishchi guruhi bilan bajonidil hamkorlik qilmoqda. Ezgu niyatda boshlangan ishlar, albatta, xayrli bo‘ladi.

Endi mahallalardagi sektor tushunchasi ham, uning maqsad va vazifalari ham ko‘pchilik uchun notanish bo‘lmay qoldi. Ayniqsa, huquqbuzarliklar, yoshlar o‘rtasida tarbiyaviy ishlarni kuchaytirish, bo‘sh vaqtini to‘g‘ri tashkil etishga qaratilgan ishlarda sektor faoliyatini ma’qullab, hamkorlik qilishni istovchilar ko‘payayotgani e’tiborga molik.

Ishchi guruh tomonidan hududdagi ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda ishtirokchilar, ayniqsa, yoshlar huquqbuzarlik va jinoyatchilikning oldini olishda yordam berishga tayyor ekanini bildirmoqda. Yaxshi ish qo‘llab-quvvatlanayotgan ekan, demak, yaxshi o‘zgarishlar ham ko‘payaveradi.

Toshqul Beknazarov, O‘zA
1 373






Все о погоде - Pogoda.uz