Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

04.09.2017 20:21 Chop etish versiyasi

Aholi salomatligini muhofaza qilishga doir dolzarb masalalar muhokama qilindi

Poytaxtimizda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Sog‘liqni saqlash vazirligi mutasaddilari ishtirokida o‘tgan tadbir sog‘liqni saqlash sohasidagi islohotlarning ijrosi samaradorligini ta’minlash, ushbu sohada deputatlik, parlament va jamoatchilik nazoratining samarali mexanizmlarini joriy etish masalalariga bag‘ishlandi.

Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tgan seminarda Qonunchilik palatasi huzuridagi Aholiga tibbiy xizmat ko‘rsatishni va dori vositalari ta’minotini yanada yaxshilash, ushbu sohadagi qonunchilikni amaliyotga samarali tatbiq qilish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya va vazirlik oldida turgan dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Spikeri N.Ismoilov, O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri A.Shodmonov va boshqalar mamlakatimizda aholi salomatligi yo‘lida olib borilayotgan keng qamrovli ishlar ko‘lami xususida so‘z yuritdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil sentabrdan buyon sog‘liqni saqlash sohasini isloh qilishga qaratilgan 1 ta farmoni, 16 ta qarori va 10 ta farmoyishi qabul qilindi. Seminarda mazkur hujjatlarda belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda bajarilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlarga alohida e’tibor qaratildi. Xususan, sog‘liqni saqlash muassasalarining moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, ularni malakali kadrlar bilan to‘ldirish, dori vositalari va tibbiy buyumlar bilan ta’minlanish darajasini yaxshilash masalalari ishtirokchilar diqqat markazida bo‘ldi.

Shuningdek, yagona davlat va idoraviy hisobot shakllarini ishlab chiqish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil etildi. Milliy tibbiyot standartlari reyestrini yuritish, unda yangi standartlarni qayd etish, sog‘liqni saqlash muassasalarining xalqaro sifat menejmenti tizimi talablari va boshqa xalqaro standartlarga muvofiqligini ta’minlashni jadallashtirish lozimligi yuzasidan fikr-mulohazalar bildirildi.

Sog‘liqni saqlash tizimidagi islohotlar, kamchilik va muammolar, ularning yechimi yuzasidan amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar xususida aholining xabardorlik darajasi, ya’ni tizim faoliyatining ommaviy axborot vositalarida yoritilish masalalari ham seminar ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 12-iyul kuni Oliy Majlis palatalari, siyosiy partiyalar hamda O‘zbekiston Ekologik harakati vakillari bilan bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tibbiyot sohasida samarali parlament nazoratini o‘rnatishi muhimligi ta’kidlab o‘tilgan edi. "Ishonch telefonlari"ga fuqarolar tomonidan bo‘layotgan ko‘plab shikoyat va murojaatlar Qonunchilik palatasi huzuridagi Komissiya tomonidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlarni yanada kuchaytirishni talab etmoqda.

Mohigul Qosimova, O‘zA
1 816






Все о погоде - Pogoda.uz