Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2017 16:33 Chop etish versiyasi

Aholi salomatligi – jamiyat taraqqiyoti garovi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi markaziy kengashi tashabbusi bilan poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi Jurjoniy mahallasida “Fuqarolar reproduktiv salomatligini muhofaza qilish – oilalar mustahkamligi va jamiyat taraqqiyotining garovi” mavzuida davra suhbati o‘tkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi va Respublika “Oila” ilmiy-amaliy markazi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda soha mutaxassislari, mahalla faollari va yoshlar ishtirok etdi.

O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Sh.Nurmatova, Respublika aholi reproduktiv salomatlik markazi Toshkent shahar filiali direktori F.Rahmatullayeva va boshqalar 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida oilani mustahkamlash, onalik va bolalikni muhofaza qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishda oilaviy poliklinika hamda qishloq vrachlik punktlari xodimlari, patronaj hamshiralarning mas’uliyatini oshirish lozimligiga alohida e’tibor qaratilganligini ta’kidladi.

Davra suhbatida aholining barcha ijtimoiy qatlamlari sifatli tibbiy xizmatdan foydalanishini ta’minlash, maktab va maktabgacha ta’lim muassasalari doirasida tibbiy xizmatlar tizimini kuchaytirish, skrining va perinatal markazlar, ayollar tibbiy maslahatxonalari, tug‘ruq majmualari, ginekologiya va patronaj xizmatlari faoliyatini takomillashtirish masalalari muhokama etildi.

– Fuqarolarning tibbiy madaniyatini oshirish, barkamol avlodni voyaga yetkazishga e’tiborni yanada kuchaytirishga qaratilgan tizimli ishlarni yangi bosqichga olib chiqishni davrning o‘zi taqozo etmoqda, – deydi partiyaning "Ayollar qanoti" kengashi raisi, tibbiyot fanlari doktori Zuhra Botirova. – Partiyamizdan saylangan deputatlar joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuv va tadbirlarda bu masalaga alohida e’tibor berib, mamlakatimizda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni jonli misollar orqali aholiga yetkazib bormoqda.

Tadbirda xotin-qizlar va yoshlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sohada ishga solinmayotgan imkoniyatlardan kengroq foydalanish, joylardagi mavjud muammoli masalalarni hal etishda davlat va nodavlat tashkilotlari o‘rtasida ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Azima Qiyosova, O‘zA
357






Все о погоде - Pogoda.uz