Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

15.11.2017 15:03 Chop etish versiyasi

“Adolat bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi Toshkent viloyati kengashi tomonidan “Adolat bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.

“Vatan kelajagi yoshlar qo‘lida” loyihasi doirasida tashkil etilgan tanlovda o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining 15 o‘quvchisi o‘z bilimini sinovdan o‘tkazdi.

Mamlakatimizda yoshlarning huquqiy va siyosiy bilimini oshirish, mustaqil fikrlash qobiliyati va nutq madaniyatini o‘stirish maqsadida an’anaviy o‘tkazib kelinayotgan tanlovning quyi bosqichlarida 100 dan ortiq yoshlar ishtirok etdi.

Ishtirokchilar Konstitutsiyamiz, O‘zbekiston Respublikasining “Siyosiy partiyalar to‘g‘risida”gi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlari hamda 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasiga oid topshiriqlarni qamrab olgan “Tanishtiruv”, “Siyosiy sohadagi bilimlar bellashuvi” va “Erkin mavzu” shartlarida bahslashdi.

– Siyosiy-huquqiy sohadagi bilimlarimizni sinab ko‘rish imkonini beruvchi ushbu tanlovda birinchi o‘rinni egallaganimdan juda xursandman, – deydi O‘rta Chirchiq tumani axborot texnologiyalari va servis kasb-hunar kolleji o‘quvchisi G.Sultonxonova. – Yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlarga oid savollarga imkon qadar aniq javob berdim. Endi uning mamlakat bosqichida ham munosib ishtirok etishga harakat qilaman.

Tanlovning faol ishtirokchilari munosib taqdirlandi.

Abdulaziz Musayev, O‘zA
1 713






Все о погоде - Pogoda.uz