Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

06.04.2018 10:52 Chop etish versiyasi

Adabiyotimiz rivoji yo‘lidagi tarixiy hujjat

Onlayn xabar

Kuni kecha Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingan edi.

Shu munosabat bilan O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasida boshlangan tantanali tadbirda adabiyotimiz namoyandalari – yozuvchi va shoirlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirok etmoqda.

Prezidentimizning “O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorini O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi X.Sultonov o‘qib eshittirmoqda.

Tadbir tafsilotlari haqida saytimizda yana yoritiladi.  

O‘zA
2 617