O‘zA O`zbek

05.04.2019 22:03 Chop etish versiyasi

9 aprelь – Аmir Temur tavalludi kuni

9 aprelь – Аmir Temur tavalludi kuni
Qudratli davlat asoschisi

O’zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi Harbiy-texnik institutida “Аmir Temur – markazlashgan davlat asoschisi” mavzuida davra suhbati bo’lib o’tdi.

Davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, tarixchi olimlar, yozuvchi va shoirlar, professor-o’qituvchilar, kursantlar ishtirok etgan muloqotda Sohibqiron Аmir Temur bobomiz nafaqat o’z davridagi eng qudratli davlat asoschisi, ilm-fan, madaniyat va ma'naviyat homiysi, balki dunyo tsivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo’shgan buyuk shaxs ekani ta'kidlandi. Buyuk va boy tariximizda o’zining yuksak ma'naviyati, insoniy kamoloti va ijtimoiy faoliyati bilan dovrug’ qozongan Аmir Temur shaxsiga bo’lgan qiziqish, ehtirom va e'tibor tobora ortib borayotgani alohida qayd etildi.

“Mardlik va donishmandlik sohibi”, “Аmir Temurning tug’ilishi va taxtga kelishi”, “Sohibqironning yurishlari va uning maqsadlari”, “Temuriylar imperiyasi” hamda “Sohibqiron Аmir Temurga qilinayotgan ehtirom” kabi mavzularda rus, ingliz, xitoy va nemis tillarida ma'ruzalar tinglandi.

Kursantlar ijrosida namoyish etilgan tarixiy sahna ko’rinishlari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

G.Boboeva, O’zА
2 666