Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

02.02.2018 16:13 Chop etish versiyasi

800 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni taklif etilgan yarmarkada 120 kishi ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi

Namangan viloyatining Kosonsoy tumanida Bandlikka ko‘maklashish markazi tomonidan hokimlik, prokuratura, ichki ishlar bo‘limi hamkorligida bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasi o‘tkazildi.

– Yarmarkada 90 korxona va tashkilot 800 ga yaqin bo‘sh ish o‘rni bilan qatnashdi, – deydi markaz mutaxassisi Lola Parpiyeva. – Tadbirga ish bilan ta’minlash yuzasidan ro‘yxatga olingan 200 fuqaro taklif etildi. Ulardan 120 nafari doimiy ishga joylashish uchun yo‘llanma oldi. Yo‘llanma olganlarning aksariyati kasb-hunar kollejini bitirgan yoshlar, shuningdek, ayollardir.

– O‘tgan yili tibbiyot kollejini bitirgan bo‘lsam-da, hozirgacha ishsiz edim, – deydi tadbir ishtirokchisi Nozima Matkarimova. – Bugungi tadbirda mutaxassisligimga mos ishga yo‘llanma olganimdan juda xursandman. Endi “Alvon-shijoat” diagnostika markazida hamshira bo‘lib ishlayman.

Akramjon Sattorov, O‘zA
6 871