Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

08.05.2018 18:00 Chop etish versiyasi

75 yildan buyon Rajabboy ota snaryad parchalarining uchtasini o‘z tanasida ko‘tarib yuribdi

75 yildan buyon Rajabboy ota snaryad parchalarining uchtasini o‘z tanasida ko‘tarib yuribdi O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi vakillari ham Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining xonadonlarida bo‘lib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatmoqda.

Majburiy ijro byurosi Xorazm viloyat boshqarmasi tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga ular yashab kelayotgan xonadonlardagi tabiiy gaz, elektr energiyasi va ichimlik suvi iste’moli uchun 300 ming so‘mlik to‘lovlarni amalga oshirish imkonini beruvchi guvohnomalar topshirilmoqda.

Xorazm viloyatida 61 nafar Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi istiqomat qilmoqda. Ular davlatimiz tomonidan ko‘rsatilayotgan bu kabi g‘amo‘rlik va e’zozdan mamnun.

Xonqa tumani Qirq yop mahallasida yashovchi Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi Rajabboy ota G‘oyipov qaqshatqich janglardan birida qattiq yaralangan. Dushman tomonidan otilgan snaryad parchalari uning o‘n bir joyini ilma-teshik qilib tashladi. Mana, 75 yil o‘tibdiki, inson matonatining tirik timsoli bo‘lgan otaxon hali o‘sha snaryad parchalarining uchtasini o‘z tanasida ko‘tarib yuribdi.

6.jpg

– Kechagina Prezidentimiz sovg‘a qilgan pul va tilla soatni viloyat hokimidan qabul qilib oldim. Menga yo‘llagan tabriklaridan ko‘nglim tog‘dek ko‘tarildi. – deydi R.G‘oyipov. – Har kuni turli tashkilotlar, o‘quv muassasalaridan vakillar kelib, holimdan xabar olmoqda. Hammasining umri uzoq bo‘lsin. Xalqimiz boshiga urush balosi tushmasin.

Ahmadjon Shokirov, Shonazar Qoriyev (surat), O‘zA
2 129