Размер шрифта: A A A
Цвет сайта: A A A A

10.04.2018 11:42 Chop etish versiyasi

61 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi

61 nafar fuqaroning bandligi ta’minlandi
Bo‘z tumanda 61 nafar ishsiz fuqaroning 48 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 13 nafari tashkilot va xususiy korxonalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashdilar.

Tumadagi “G‘olib” mahalla fuqarolar yig‘inida joylashgan 19-oilaviy poliklinikada Respublika ishchi guruhi aniqlangan muammolarni hal qilishga ko‘maklashish doirasida shu atrofdagi mahallalar fuqarolari uchun bo‘sh ish o‘rinlari sayyor yarmarkasini tashkil qildi. Tumandagi 65 ta korxona va tashkilot 537 ta bo‘sh ish o‘rini bilan qatnashdi.

01.JPG

– Sayyor mehnat yarmarkalari avvallari tuman markazlarida o‘tkazilar edi, – deydi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Mehnat migratsiyasi va mehnat bozorini tahlil qilish yig‘ma axborot tahlil boshqarmasi boshlig‘i Baxtiyorjon Ruhitdinov. – Unda ishsizlar, avvalo, axborot yo‘qligi uchun qatnasha olmasa, ayrimlar hatto yo‘lkira haqini to‘lashga imkonsizligi sabab markazga kela olishmasdi. Bu esa maqsadimizni to‘laqonli va kutilganidek amalga oshirishga imkon bermas edi. Ish beruvchilarning o‘zlarini Jamoat ishlari jamg‘armasi trasportida xalqning ichiga kirib borishga undayapmiz. Tuman hududi o‘ziga xosligini inobatga olib tomorqaga oid tavsiyalar risolasini ham bepul tarqatyapmiz.

02.JPG

Yakunda 61 nafar ishsiz fuqaroning 48 nafari haq to‘lanadigan jamoat ishlariga, 13 nafari tashkilot va xususiy korxonalarga turli mutaxassisliklar bo‘yicha ishga joylashdilar.

Bugungacha Respublika ishchi guruhi tomonidan bandlik masalasi bo‘yicha 221 ta aniqlangan muammoning 209 tasi hal qilindi. Haq to‘lanadigan jamoat ishlariga 109 nafar fuqaro, 100 nafari esa o‘z ixtisosliklari bo‘yicha doimiy ishlarga joylashtirildi.

O‘zA
2 478