O‘zA O`zbek

09.08.2018 16:18 Chop etish versiyasi

6 oyda 3 ming 896 nafar mast haydovchi qo‘lga tushdi

6 oyda 3 ming 896 nafar mast haydovchi qo‘lga tushdi
Samarqandda 6 oyda 3 ming 896 nafar mast haydovchi ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Bu haqda Samarqand viloyati ma’muriy sudi raisi B.Diyorov viloyatdagi sud raislarining yilning birinchi yarmidagi faoliyatiga bag‘ishlangan brifingida ma’lum qildi.

Sud raisining qayd etishicha, hisobot davrida 1 ming 896 nafar shaxs avtomobil transportida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan litsenziyasiz shug‘ullangani uchun javobgar bo‘lgan. Bu o‘tgan yilning shu davri bilan qiyoslaganda 27 foizga ko‘pdir.

Lekin transport vositalarini belgilangan harakat tezligidan yuqori boshqarish bilan bog‘liq ma’muriy ishlar 752 tani tashkil etib, 2017-yilning birinchi yarmidagi holatga nisbatan 9 foizga kamaygan.

O‘zA
2 017